Kadcyla® (trastuzumab emtansine 160 mg) — bu ko’krak saratoni (sut bezi rakining maxsus HER2-pozitiv turi)ni davolash uchun qo’llaniladigan maqsadli (target) va kimyoterapiya xususiyatlarini o’zida jamlagan zamonaviy saratonga qarshi dori vositasidir.
💡 Dori tarkibi va ta’siri qanday? Kadcyla® tarkibidagi Trastuzumab emtansine ikki xil ta’sir mexanizmiga ega:
Trastuzumab: Saratonda HER2 oqsillarini topib, ularga maqsadli ravishda birikadi.
Emtansine (DM1): Saratonga qarshi kuchli toksik modda bo’lib, o’sma hujayralarining bo’linishini to’xtatadi va ularni yo’q qiladi.
🎯 Qachon va kimlarga tayinlanadi?
HER2-pozitiv bo’lgan ko’krak saratonini davolashda;
Operatsiyadan oldin yoki keyin o’sma qaytalanishining oldini olish uchun;
Metastatik (tarqalgan) ko’krak saratoni bor bemorlarga shifokor-onkolog tavsiyasi bo’yicha.
📋 Qanday qabul qilinadi?
Berish usuli: Faqat tomir ichiga infuziya qilib yuboriladi (Внутривенно).
Berish tartibi: Shifokor-onkolog nazorati ostida, har 3 haftada (21 kunda) 1 marta tana vazniga qarab (standart doza 3.6 mg/kg) yuboriladi.
Dori damlama (kapelnitsa) ko’rinishida maxsus tayyorlanib, sekin-asta yuborilishi shart.
⚠️ Muhim ogohlantirishlar va nojo’ya ta’sirlar Davolanish davomida quyidagi holatlar kuzatilishi mumkin:
Jigar ko’rsatkichlari o’zgarishi: Jigar fermentlari (ALT, AST) miqdori oshishi mumkin.
Qon plastinkalari (trombotsitlar) kamayishi: Qon ketish xavfi ortadi.
Charchoq va ko’ngil aynishi: Bosh aylanishi, mushaklarda og’riq yoki qorin og’rig’i.
Yurak faoliyati: Yurak qisqarish kuchiga ta’sir qilishi mumkinligi sababli muntazam UZI (EhoKG) qilinadi.
🚫 Qat’iyan man etiladi:
Homiladorlik va emizish davrida bu dorini yuborish taqiqlanadi.
Dori dozasini va yuborish vaqtini faqat shifokor-onkolog belgilab beradi.
Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffmann – La Roche LTD (Shveytsariya)
Ro’yxat raqami: DV/X/TO 09666/03/22 (2026-06-15)
Berish usuli: Retsept bo’yicha (По рецепту)

